Laporta Flikning Barselonadagi ishini yuqori baholadi

Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta bosh murabbiy Hans-Diter Flik olib borayotgan ishlar haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Laporta nemis mutaxassisini jamoaga futbolga bo‘lgan ishtiyoqni singdira oladigan kuchli murabbiy sifatida ta’rifladi. Shuningdek, u Flik va uning shtabiga samarali mehnati uchun minnatdor ekanini aytdi hamda hozirgi futbolchilar o‘z iste’dodi va klubga sadoqatini namoyish etayotganini ta’kidladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Flik «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyligiga o‘tgan yili tayinlangandi.
Ispaniya chempionatining 18-turidan so‘ng «Barselona» 46 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Flik shogirdlari ikkinchi o‘rindagi Madridning «Real» klubidan to‘rt ochkoga oldinda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!