
Mashhur murabbiy Stanislav Cherchesov 2025 yil yakunlariga ko'ra dunyoning eng yaxshi futbolchisi kim, degan savolga javob berdi. Uning fikricha, bu sovringa eng munosib nomzod — Usmon Dembele. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Cherchesov shuningdek, Dembeledan tashqari yana uch nafar "PSJ" yarim himoyachisini alohida e'tirof etdi: Vitinya, Nevesh va Fabian Ruis. Murabbiy ta'kidlaganidek, aynan shu uchlik jamoaning "yuragi" bo'lib, katta g'alabalar uchun poydevor yaratdi.
Eslatib o'tamiz, 2025 yilda Usmon Dembele "Oltin to'p"ni qo'lga kiritdi. Fransuz futbolchi FIFA talqiniga ko'ra ham, Globe Soccer Awards mukofotida ham yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan.
O'tayotgan mavsumda Luis Enrike boshqaruvidagi "PSJ" olti sovrinni yutdi. Parij klubida rossiyalik darvozabon Matvey Safonov ham to'p surmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.