date

Karvaxal Superkubokda Atletikoga qarshi maydonga tushishi mumkin

Karvaxal Superkubokda Atletikoga qarshi maydonga tushishi mumkin

Madridning «Real» klubi himoyachisi Daniyel Karvaxal 8 yanvar kuni bo‘ladigan Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Atletiko»ga qarshi o‘yinda qatnashish imkoniyatiga ega. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Athletic jurnalisti Gilyermo Ray xabariga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi hozircha individual dastur asosida mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. U tizzasidan olgan jarohatini tiklayapti va Superkubok uchrashuviga tayyor bo‘lish uchun bor kuchini sarflamoqda.

Shuningdek, jarohatlangan himoyachilar Eder Militao hamda Trent Aleksandr-Arnoldning safga qaytish muddati hanuz noma’lumligicha qolmoqda.

Karvaxal 2013 yildan beri «Real» safida o‘ynab keladi. Uning «qirollik klubi» bilan shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda himoyachi madridliklar tarkibida 9 ta o‘yin o‘tkazgan, ammo hali gol yoki assist bilan ajralib turmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karvaxal Superkubokda Atletikoga qarshi maydonga tushishi mumkin