Noyer Goretskaga ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlashishni maslahat qildi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi sardori Manuel Noyer yarimhimoyachi Leon Goretskaga ijtimoiy tarmoqlardan biroz chetlanishni tavsiya qildi. Darvozabonning fikricha, hamkasbi juda ko‘p «reels» tayyorlaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Noyerning aytishicha, Goretska unga tinimsiz video yuboradi: birin-ketin jo‘natadi va to‘xtashni bilmaydi. «Bir kuni unga bu ishlarni bas qilishini aytdim, chunki u biladi — men bu videolarni kulgili deb hisoblamayman. Shunga qaramay, baribir yuboraveradi. U xursand bo‘layotganidan mamnunman, ammo men uchun bu unchalik qiziq emas», — deya Noyerning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Goretska va Noyer 2018 yildan buyon «Bavariya» safida birga o‘ynamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing