
“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen “Jirona”ning transfer roʻyxatidagi asosiy nomlardan biri sifatida tilga olinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbalarga koʻra, “oq-qizillar” germaniyalik posbon uchun eng jiddiy da’vogar sanaladi. Sababi, bosh murabbiy Hans-Diter Flik uni jamoaning asosiy tarkibida koʻrmayotgani aytilmoqda. Shu fon’da jurnalistlar “Jirona” ustozi Michel’dan qishda “koʻk-anorranglilar” sardorini olib kelish ehtimoli haqida soʻrashdi.
“Ter Shtegen — juda yuqori darajadagi futbolchi. Uni har bir jamoa oʻz safida koʻrishni xohlaydi”, — dedi La Ligadagi oʻrnini saqlab qolish uchun kurashayotgan katalon klubi murabbiyi.
Avvalroq “Jirona” 33 yoshli darvozabonni ijara asosida qoʻshib olishga tayyor ekani, biroq buning uchun “Barselona” futbolchining maoshining katta qismini toʻlashda davom etishi lozimligi xabar qilingandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.