
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin milliy jamoada barqaror “kostyak” yo‘q, degan fikrlarga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning aytishicha, hozircha terma jamoaga 30–40 nafar futbolchi nomzod sifatida ko‘rilmoqda. Shu bilan birga, u ideal holatda e’tibor markazida bo‘ladigan ro‘yxat 60 futbolchigacha keng bo‘lishini xohlashini ta’kidladi.
“Nomzodlar bir masala, yil davomida sog‘lom bo‘lib, har bir yig‘inga chaqiriladigan futbolchilar soni boshqa masala. Qarab ko‘rsangiz, 20 nafar futbolchidan iborat asosiy yadroni ko‘rasiz”, — deya Karpinning so‘zlarini keltiradi “Match TV”.
Karpin asosiy guruhga vaqti-vaqti bilan yangi futbolchilar ham qo‘shilib turishini aytdi: masalan, kimdir jarohat olsa, tarkibda o‘zgarishlar bo‘ladi. Uning fikricha, mavjud sharoitda imkon qadar ko‘proq o‘yinchini sinab ko‘rish kerak, o‘rtoqlik uchrashuvlarida esa 12–13 futbolchi bilan cheklanib qolmaslik lozim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.