
“Barselona” yarim himoyachisi Pedri “Espanol”ga qarshi bo'ladigan navbatdagi katalon derbisi arafasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv 3-yanvar kuni La Liga doirasida o'tkaziladi. O'yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Dushanba kuni “ko'k-anorranglilar” ochiq mashg'ulot o'tkazib, ayrim futbolchilar OAV savollariga javob berdi.
Pedrining ta'kidlashicha, jamoa o'yinga yaxshi g'alabali seriya bilan yaqinlashmoqda. U “Espanol” raqib sifatida vazifani osonlashtirmasligini aytib, “Barselona” har doimgidek maydonga faqat g'alaba maqsadida tushishini bildirdi.
Hozirda “Barselona” 46 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam, “Espanol” esa 33 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda. Shuningdek, “Espanol”ning bitta o'yini zaxirada.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.