
Mashhur futbol agenti Paulu Barbosa rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning fransuzning PSJ klubidagi o'yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq Le Parisien nashri Safonovni dekabr oyi yakunlariga ko'ra PSJning eng yaxshi futbolchisi deb e'tirof etgandi.
Barbosa fikricha, Safonov PSJning asosiy darvozaboni bo'lishga munosib: u hatto adolatsiz ravishda maydonga tushmay qolgan paytlarida ham sabr qila olishini ko'rsatdi va endi uning imkoniyati kelgani barchaga ayon.
Joriy mavsumda 26 yoshli Safonov barcha musobaqalarda to'rtta uchrashuvda qatnashdi, uchta gol o'tkazib yubordi va ikki bor darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
Rossiyalik futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.