Musiala ogʻir jarohatdan soʻng maydonga qachon qaytishi ma’lum bo‘ldi

"Bavariya" yarim himoyachisi Jamal Musiala ogʻir jarohatdan keyin tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild jurnalisti Tobi Altshaeffl ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi asoratlar xavfini kamaytirish uchun maydonga shoshilmasdan, bosqichma-bosqich qaytadi. Musiala yanvarda to‘liq jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytishi, oyning oxirlariga borib esa uchrashuvlarda ko‘rinish berishi mumkin. Uning o‘yin daqiqalari, mashg‘ulotlar intensivligi va yuklamalari asta-sekin oshirib boriladi.
Musiala Chempionlar ligasi pley-offi startiga qadar eng yaxshi sport formasiga kirishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, u joriy yil iyul oyida klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘tkazilgan o‘yinda “PSJ” darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan to‘qnashuvdan so‘ng kichik boldir suyagi sinishi va to‘piq bo‘g‘imi chiqishini olgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!