
“Barselona” “Atletik” (Bilbao) hujumchisi Niko Uilyamsni qo‘lga kiritish bo‘yicha hech qanday qadam tashlamasligini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
El Nacional xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi o‘tgan yozda kataloniyaliklar taklifini rad etganidan keyin endi “Barselona”ga o‘tishga qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, klub Uilyams bo‘yicha transfer variantini uzil-kesil yopgan. Manbada aytilishicha, “ko‘k-anorranglilar” futbolchining jismoniy holati bilan bog‘liq savollar borligini ham qayd etgan: uning joriy mavsumdagi ko‘rsatkichlari o‘tgan yilga nisbatan ancha pasaygan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yozda “Barselona” Uilyamsni tarkibga qo‘shib olishni xohlagan, biroq futbolchi Bilbao klubi bilan 2035 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan yangi shartnomani imzolab, taklifni rad etgandi. Bu mavsum u 18 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol urdi va 3 assist qayd etdi. Transfermarkt portali Uilyamsning bozor narxini 60 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.