
Angliyalik hujumchi Garri Keyn yakunlanib borayotgan 2025 yil davomida Myunxenning “Bavariya” klubi uchun 51 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Bu ko'rsatkich Keyn 2023 yil yozidan beri to'p surayotgan klub tarixidagi kalendar yil bo'yicha ikkinchi eng yaxshi natija bo'lib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Bavariya” safida bir kalendar yilda undan ko'proq gol urgan yagona futbolchi — Robert Levandovski. Polshalik forvard 2021 yilda 58 ta gol bilan rekord qayd etgan, shundan so'ng klubni tark etib, “Barselona”ga yo'l olgan edi.
Eslatib o'tamiz, Germaniya amaldagi chempioni “Bavariya” joriy mavsumda ham peshqadam: 15 turdan keyin jamoa hisobida 41 ochko bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.