O‘zbekiston terma jamoasi va Chimkentning “O‘rdaboshi” klubi futbolchisi Aleksandr Geynrix Ostona aeroportida qiyin vaziyatga tushib qoldi. Bu haqda Informburo.kz portali'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Aytilishicha, 7 may kuni Geynrix, vizasining muddati tugaganiga qaramay, Moskvaga uchib ketishga harakat qilgan paytda chegarachilar tomonidan qo‘lga olingan. Dastlab uni mamlakat hududidan chiqarib yubormoqchi bo‘lgan, ammo uning futbolchi ekanligini hisobga olib, jarima bilan cheklanishga qaror qilingan.
Ta’kidlanishicha, futbol klublarining aksariyatida o‘yinchilarning pasport va migrasiya tartiblariga rioya qilishi jamoaning maxsus vakillari tomonidan kuzatib boriladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Geynrix Qozog‘iston hududidan 24 aprel kuni chiqib ketishi kerak edi, ammo u bu ishni amalga oshirishni 13 kunga kechiktirgan.
8 may kuni Ostona tumanlararo sudi Geynrixning o‘z aybini tan olgani, og‘ir oqibatlarning yo‘qligi, ilgari ma’muriy javobgarlikka tortilmaganlikni hisobga olib, futbolchining advokati Muhammadyorovning jazoni yengillashtirish haqidagi iltimosini qondirdi. Geynrix belgilangan 29 730 tanga jarimani o‘sha kunning o‘zidayoq to‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi