17:59 / 16.02.2017
5 739

«Barselona» rahbariyati yangi bosh murabbiy masalasini ko‘rib chiqmoqda

«Barselona» rahbariyati yangi bosh murabbiy masalasini ko‘rib chiqmoqda

"Barselona" rahbariyati jamoa boshqaruviga yangi bosh murabbiyi taklif etish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi Uff.uz sayti.

Xabar qilinishicha, klub prezidenti Xosep Mariya Bartomeu yaqin vaqtlar ichida sport direktori Robert Fernandes bilan ko‘rishadi. Bartomeu va uning yordamchilari shu vaqtga qadar Luis Enrike bilan yangi shartnoma imzolash haqida o‘ylayotgan edi. Ammo oxirgi vaqtlarda ikkilanib qolganlar.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" futbolchilari Luis Enrikedan norozi ekani va murabbiyning taktik uslubi, rotasiya va zaxira almashtirishlarini tanqid qilganlari aytilgan edi. Futbolchilar yozda Enrike jamoadan ketishiga umid qilmoqdalar. Eslatib o‘tamiz, murabbiyning shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.

Ta’kidlash joiz, "Barselona" Chempionlar ligasi 1/8 finalida "PSJ"ga qarshi kechgan o‘yinda 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Javob o‘yini 8 martda bo‘lib o‘tishi lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» rahbariyati yangi bosh murabbiy masalasini ko‘rib chiqmoqda