date

Sergio Ramos Sevilyani sotib olish bo'yicha ariza berdi

Sergio Ramos Sevilyani sotib olish bo'yicha ariza berdi

Sevilya akademiyasi tarbiyalanuvchisi Sergio Ramos o'zi faoliyatini boshlagan klubni sotib olish niyatini bildirdi. Tajribali himoyachi Sevilya asosiy jamoasida 2004–2005 yillarda, shuningdek 2023/24 mavsumida ham to'p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Carrusel Deportivo va El Larguero xabarlariga ko'ra, 39 yoshli futbolchi Sevilyani xarid qilish bo'yicha rasmiy taklifni klub tomoniga allaqachon taqdim etgan. Ma'lumotlarga qaraganda, Ramos jiddiy sarmoya kiritishga tayyor investorlar guruhiga boshchilik qilmoqda va ularning taklifi avvalgi arizalarning barchasidan yuqori bo'lishi mumkin.

Sevilya bir necha yildan beri moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgani sabab, klubni sotish varianti rahbariyat uchun mantiqiy yechim sifatida ko'rilmoqda.

La Ligada 17 turdan so'ng Sevilya 20 ochko bilan turnir jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sergio Ramos Sevilyani sotib olish bo'yicha ariza berdi