
Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi qishki transfer oynasidagi rejalariga oid yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Benjamen Kuare ma’lum qilishicha, PSJ hozirgi tarkibidan qoniqmoqda va shu bois yanvarda yangi futbolchi sotib olish ehtimoli past. Shunga qaramay, parijliklar «Benfika»ning ikki nafar 17 yoshli iqtidorini — hujumchi Anisiu Kabral hamda yarim himoyachi Rafael Kintasni kuzatib bormoqda. Bu futbolchilar yozda PSJ safini to‘ldirishi mumkin, biroq ularga «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» ham qiziqish bildirmoqda.
Liga 1ning 16-turidan so‘ng PSJ 36 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam «Lans»dan atigi bir ochko ortda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.