Ter Shtegenning kelajagi borasida Ispaniyada yangi xabar tarqaldi

“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen 2026 yilgi jahon chempionatida Germaniya terma jamoasiga foydasi tegishini istamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
33 yoshli posbon Hans-Diter Flik qo'l ostida Jo'an Garsiyaning zaxirasida qolayotgani sababli, “ko'k-anorranglilar” sardorining mundialdagi ishtiroki ham savol ostida turibdi. Biroq Sport nashri yozishicha, ter Shtegen klubda zaxirada bo'lib qolsa ham, terma jamoada yana “birinchi raqam” maqomini qaytarib olishi mumkin. Taxminlarga ko'ra, u Ispaniya Kubogi hamda Superkubok o'yinlarida maydonga tushadi va Germaniya futbol federatsiyasida bu amaliyot JCh-2026 oldidan optimal sport formasini tiklash uchun yetarli bo'ladi, degan fikr bor.
Ter Shtegenni ijaraga jo'natish varianti hamon rad etilmagan, ammo futbolchining o'zi “Barselona”da qolishni afzal ko'rmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!