
Ispaniya Superkubogi uchrashuvlari yanvar oyida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Kelasi hafta chorshanba kuni “Barselona” “Atletik” Bilbao bilan ilk yarim finalda to'qnash kelsa, payshanba kuni Madridning “Real” va “Atletiko” klublari final yo'llanmasi uchun kurashadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, turnirning umumiy sovrin jamg'armasi rekord darajadagi 23 mln yevroni tashkil etadi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilgidan 3 mln yevroga ko'p. Mablag' to'rtta ishtirokchi o'rtasida natijalarga qarab taqsimlanadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Superkubok g'olibiga aylangan “Barselona” deyarli 9 mln yevro ishlab olgandi. O'shanda kataloniyaliklar finalda Madridning “Real” jamoasini 5:2 hisobida mag'lub etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.