date

Real Mbappeni Atletikoga qarshi maydonga tushirmaslik tarafdori

Real Mbappeni Atletikoga qarshi maydonga tushirmaslik tarafdori

Madriddagi "Real" hujumchisi Kilian Mbappe jarohatdan tiklanishda davom etmoqda. 27 yoshli fransuz futbolchida tizza bog‘lamlari cho‘zilgani aniqlangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dastlab u Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletiko"ga qarshi o‘yiniga ulgurmasligi aytilgandi. Biroq Mbappening o‘zi imkon qadar tezroq safga qaytib, "matraschilar"ga qarshi derbida o‘ynash niyatida.

Jurnalist Alvaro Esteban bergan ma’lumotga ko‘ra, "Real" ichida hujumchini yaqinlashib kelayotgan derbida maydonga tushirmaslik kerak, degan fikr bor. Klubdagilar jarohat og‘irlashib ketishi xavfi juda yuqori ekanini ta’kidlashmoqda.

"Real" – "Atletiko" uchrashuvi 8 yanvar kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Mbappe jamoa bilan safarga chiqadimi-yo‘qmi hozircha noma’lum, yakuniy qaror ehtimol oxirgi daqiqalarda qabul qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Mbappeni Atletikoga qarshi maydonga tushirmaslik tarafdori