date

Aleksey Gaslin Barselona hozir Realdan kuchliroq dedi

Aleksey Gaslin Barselona hozir Realdan kuchliroq dedi

“Zenit”ning sobiq hujumchisi Aleksey Gaslin hozirgi paytda “Barselona” o‘yini Madridning “Real” jamoasidan ko‘ra ishonchliroq ko‘rinayotganini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis fikricha, “qaymoqranglilar” ustunligini asosan o‘zaro uchrashuvda namoyish eta olgan, biroq uzoq masofada kataloniyaliklar barqarorroq natija qayd etyapti.

Gaslin “Barselona” deyarli ochko yo‘qotmayotgani, “Real” esa “Rayo Valyekano”ga qarshi o‘yindagidek xatolarga yo‘l qo‘yayotganini aytdi. “O‘zaro o‘yinda madridliklar afzalroq ko‘ringandi, ammo hozir “Barselona” yaxshiroq”, — deya uning so‘zlarini “Match TV” keltiradi.

La Ligada 18 turdan so‘ng “Barselona” 46 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam. “Real” esa 4 ochko ortda qolib, uchinchi o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aleksey Gaslin Barselona hozir Realdan kuchliroq dedi