
Tottenhem bosh murabbiyi Tomas Frank klubdagi ayni holat yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
19 turdan keyin “shporlar” 26 ochko bilan turnir jadvalida 12-o'rinda bormoqda. Mutaxassis fikricha, jamoa hozir jiddiy o'zgarishlar jarayonini boshdan kechirmoqda.
“Qisqasi, yo'q, men hozir qilayotgan ishlarim yoqmayapti. Lekin bir qadam ortga chekinib qarasam, shunday katta o'zgarishlar davrida bunday ajoyib klubni boshqarish — katta sharaf”, — deya Frankning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Frankning hisob-kitobiga ko'ra, so'nggi yillarda Tottenhemda sakkiz nafar rahbar almashgan. Murabbiy vaziyat tezroq barqarorlashishini intiqlik bilan kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.