date

Atletiko Raspadoriga Roma bilan kelishuv borligini bildirdi

Atletiko Raspadoriga Roma bilan kelishuv borligini bildirdi

Madridning «Atletiko» klubi hujumchi Jakomo Raspadorini uning ehtimoliy transferi bo'yicha «Roma» bilan kelishuvga erishilganidan xabardor qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Tomonlar ijaraga berish va keyinchalik majburiy sotib olish bandi bilan bitim tuzishga kelishib oldi. Biroq futbolchi hali yakuniy qarorni qabul qilgani yo'q va o'ylab ko'rish uchun vaqt so'radi.

Jurnalist Janluka Di Marsio xabariga ko'ra, Raspadori vaziyatni «Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone bilan shaxsan muhokama qilishni istamoqda.

Di Marsio ma'lumotiga ko'ra, «Atletiko»ning «Real Sosedad»ga qarshi uchrashuvidan oldin bu borada qaror chiqishi kutilmaydi.

2025/2026 yilgi mavsumda Raspadori 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Atletiko Raspadoriga Roma bilan kelishuv borligini bildirdi