Nikitin Mbappe bor Real va u yoq jamoa farq qiladi

«Rotor»ning sobiq futbolchisi Aleksey Nikitin jarohat sabab bir necha haftaga safdan chiqqan Kilian Mbappe yo‘qligi «Real» o‘yiniga qanchalik ta’sir qilishiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning ta’kidlashicha, Mbappe hozir juda yuqori sport formasida va undan kutilgan yetakchilik mas’uliyatini to‘liq oqlayapti. Nikitin fikricha, bu holat Vinisiusni ham to‘xtab qolmaslikka undayapti va braziliyalik futbolchi endi avvalgidek ranjigan yigitdek ko‘rinmayapti.
Joriy mavsumda 27 yoshli Mbappe barcha turnirlarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
4 yanvar kuni «Real» La Liganing 18-turi doirasida «Betis»ni qabul qiladi. Uchrashuv 20:15 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!