Sereso Simeone bilan Atletiko Chempionlar ligasini yutishiga ishonadi

Madridning «Atletiko» klubi prezidenti Enrike Sereso jamoa bosh murabbiy Diyego Simeone qo'l ostida Yevropaning eng nufuzli sovrinini qo'lga kiritishiga ishonchi komilligini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub rahbari Chempionlar ligasida g'alaba qozonish har qanday jamoa uchun nihoyatda mushkul ekani, biroq hozirgi tarkib va murabbiylar shtabining ishlashi «Atletiko»ga jiddiy maqsad qo'yish imkonini berayotganini ta'kidladi.
«Chempionlar ligasini yutish juda qiyin. Ammo men Cholo bilan bunga erishamiz, deb ishonaman. Simeone va shu jamoa bilan buni uddalashimiz mumkin, men optimistman. Nega biz Chempionlar ligasini yuta olmaymiz?» — deya Seresoning so'zlarini AS keltiradi.
Joriy Chempionlar ligasi mavsumida «Atletiko» olti uchrashuvda to'rtta g'alaba qayd etib, ikki bor mag'lub bo'ldi. Jamoa 12 ochko bilan umumiy bosqich jadvalida 8-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!