
"Barselona" klubi sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes kataloniyaliklar Chempionlar ligasida "PSJ"dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchraganiga jiddiy qaramasligini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, "Barselona" safarda "PSJ"dan 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan.
"Albatta men biroz xafa bo‘ldim, bunaqasini kutmagandim. "PSJ"ga qarshi kechgan o‘yin natijasi meni juda hayron qoldirdi.
Ammo shuni ham aytish lozim, "PSJ" bemisl darajada yaxshi o‘yin namoyish qildi. Bu shubhasiz ularning tarixidagi eng yaxshi o‘yin bo‘ldi.
Nima bo‘lgan taqdirda ham bunga jiddiy qaramaslik lozim, axir bu futbol. Ba’zan raqib sendan ko‘ra yaxshiroq o‘ynaydi", - deydi Xavi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar