date

Pogonoli Minaminoning jarohati haqida uzoq tiklanish kerakligini aytdi

Pogonoli Minaminoning jarohati haqida uzoq tiklanish kerakligini aytdi

«Monako» bosh murabbiyi Sebastyen Pogonoli Takumi Minaminoning jarohati yuzasidan fikr bildirdi. Yaponiya yarim himoyachisi Fransiya kubogida «Oser»ga qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat olib, uzoq muddat reabilitatsiyadan o‘tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pogonolining aytishicha, u futbolchi bilan telefon orqali gaplashgan. Murabbiy Minaminoning imkon qadar tezroq safga qaytishidan umidvor ekanini ta’kidladi, biroq mavsum oxirida bo‘ladigan jahon chempionati oldidan unga tarkibga kirish oson bo‘lmasligini ham qo‘shimcha qildi.

«Taki»ni haqiqiy professional deb atagan Pogonoli, futbolchi tiklanishni tezlashtirish uchun bor kuchini ishga solishini, klub esa uni qaytishga tayyor holda kutib olib, reabilitatsiya jarayonida to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Murabbiy Minamino jamoada hamma yaxshi ko‘radigan o‘yinchi ekanini ham eslatib o‘tdi.

Minamino 2022 yildan buyon «Monako» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pogonoli Minaminoning jarohati haqida uzoq tiklanish kerakligini aytdi