Xabi Alonso Mbappeni imkon qadar tezroq qaytarmoqchi

2025 yil yakunida Madridning “Real” klubi yetakchisi Kilian Mbappe jarohat oldi — fransuz hujumchisida chap tizzadagi bog‘lamlar cho‘zilishi aniqlangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“QiIian Mbappeni imkon qadar tezroq safga qaytarish uchun qo‘limizdan kelgan hamma ishni qilamiz. Umid qilamanki, u Ispaniya Superkubogiga tayyor bo‘ladi”, — deya Xabi Alonsoning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Ispaniya Superkubogi 7–11 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Musobaqada to‘rtta jamoa — “Real”, “Barselona”, Madridning “Atletiko”si va Bilbaoning “Atletik”i ishtirok etadi.
Joriy mavsumda Mbappe “Real” safida barcha turnirlarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing