Dani Olmo safga qaytdi va Espanolga qarshi o'ynashi mumkin

“Barselona” muxlislari uchun quvonchli xabar: Dani Olmo jarohatdan to'liq tiklandi va bugun kechqurun “Espanol”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin. Hujumchi o'yinoldi mashg'ulotlarida umumiy guruh bilan shug'ullandi, bu esa u sog'lom futbolchilar bilan bir xil yuklamani bemalol ko'tarayotganini anglatadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o'tamiz, Olmo aynan bir oy avval Madridning “Atletiko”siga qarshi bahsda jarohat olgandi. O'sha o'yinda u gol urgan, biroq epizod davomida shikastlangan edi.
Hozirda “Barselona” Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va Madridning “Real”idan 4 ochko oldinda. Kataloniyaliklar so'nggi bor 2025 yilda La Liga chempionligini qo'lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing