Deklan Rays Siti va Chelsi o'yinini ko'radimi

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Deklan Rays chempionlik poygasidagi asosiy raqiblardan biri — «Manchester Siti»ning navbatdagi uchrashuvi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shanba kuni «kanonirlar» «Bornmut»ni 3:2 hisobida mag'lub etib, «shaharliklar»dan ustunlikni yetti ochkogacha oshirdi. Yakshanba kuni Xosep Gvardiola jamoasi o'z maydonida «Chelsi»ni qabul qiladi.
Rays Sky Sports bilan suhbatda «Siti»ning «Sanderlend»ga qarshi o'yinini tomosha qilmaganini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, agar ertaga vaqti bo'lsa, «Manchester Siti» — «Chelsi» bahsini ko'rishi mumkin. Shuningdek, u hozir butun e'tiborini «Arsenal»ga qaratganini, oldinda hali juda ko'p o'yin borligi sabab tiklanish va kuch yig'ish muhimligini ta'kidladi. Eslatib o'tamiz, Rays shanba kungi bahsda dubl qayd etgandi.
«Manchester Siti» — «Chelsi» uchrashuvi 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!