date

Martin Subimendi «Arsenal»da mavsum rekordini yangiladi

Martin Subimendi «Arsenal»da mavsum rekordini yangiladi

Londonning «Arsenal» klubi yarim himoyachisi Martin Subimendi «Bornmut»ga qarshi uchrashuvda yorqin o‘yin ko‘rsatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ispaniyalik futbolchi bahsni to‘liq o‘tkazib, «kanonirlar»ning 3:2 hisobidagi irodali g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. Opta ma’lumotiga ko‘ra, Subimendi o‘yinda 12 marta jamoasiga to‘pni qaytarib berdi — bu «Arsenal»ning joriy mavsumdagi 29 o‘yinida klub futbolchilari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkich.

Subimendi o‘tgan yozda Mikel Arteta jamoasiga «Real Sosedad»dan 70 mln yevro evaziga kelib qo‘shilgandi. Tayanch yarim himoyachi londonliklar safida 25 uchrashuvda 3 gol va 2 assist qayd etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martin Subimendi «Arsenal»da mavsum rekordini yangiladi