Flik darvozabonlar ahamiyatini aytib, Kurtuani misol qildi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik futbolida darvozabonlar o'rni qanchalik muhim ekanini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shanba kuni "Espanyol"ga qarshi derbida Jo'an Garsiya uchrashuv qahramoniga aylandi. 24 yoshli ispaniyalik posbon olti zarbani qaytardi va "ko'k-anorranglilar"ga 2:0 hisobidagi "quruq" g'alabani ta'minlashga katta hissa qo'shdi.
Flikning so'zlariga ko'ra, sifatli darvozabon top-klublar uchun hal qiluvchi omillardan biri: bugungi o'yin buni yana bir bor isbotladi. U misol sifatida "Real"ni ham keltirib, madridliklarda ham yuqori saviyadagi posbon — Tibo Kurtua borligini eslatdi. Murabbiy "Barselona"da Jo'an borligidan mamnun ekanini qo'shimcha qildi.
Garsiya "Barselona" safidagi ilk mavsumini o'tkazmoqda. U bungacha aynan "Espanyol" sharafini himoya qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!