date

Chelsining yangi murabbiyi yulduz himoyachini so'radi

Chelsining yangi murabbiyi yulduz himoyachini so'radi

«Chelsi»ni qabul qilib olishi kutilayotgan Liam Rozenyor rahbariyatga tarkibni qaysi futbolchi bilan kuchaytirmoqchi ekanini bildirib bo'ldi. 41 yoshli mutaxassis hozircha «Strasburg»dagi ishini rasman yakunlagani yo'q, biroq yaqin kunlarda uning London klubiga tayinlangani e'lon qilinishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Indykaila News xabariga ko'ra, Rozenyor «ko'klar» boshliqlaridan «Kristal Pelas»ning markaziy himoyachisi Mark Gehini olib kelishni so'ragan. 25 yoshli futbolchi mavsum yakunida erkin agentga aylanishi aytilmoqda.

Biroq «burgutlar» sardorini qo'lga kiritish oson bo'lmaydi: Gehi xizmatlariga Angliyaning boshqa klublari, shuningdek, xorijdagi grand jamoalar ham qiziqish bildirmoqda.

Liam Rozenyor 1 yanvar kuni lavozimini tark etgan Entso Mareska o'rnini «Chelsi»da egallashi ko'zda tutilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chelsining yangi murabbiyi yulduz himoyachini so'radi