date

Noni Madueke Arsenaldagi o'yinini qanday baholadi

Noni Madueke Arsenaldagi o'yinini qanday baholadi

Londonning «Arsenal» klubi qanot hujumchisi Noni Madueke maydondagi o'yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

23 yoshli futbolchi shanba kuni «kanonirlar» safida «Bornmut»ga qarshi bahsda (3:2) 67-daqiqagacha harakat qildi va jamoasiga g'alabaga erishishda yordam berdi.

Maduekega ko'ra, u hanuz o'zining eng yuqori darajasiga chiqqani yo'q: yosh futbolchi sifatida har kuni o'rganishda davom etayotganini, asosiy vazifa esa diqqatni jamlab, o'z ustida ishlash ekanini ta'kidladi. U «Arsenal» kabi kuchli jamoa tarkibida bo'lish yoqimli ekanini aytib, klubdagi muhitdan mamnunligini va jamoa shu ruhda davom etishiga umid bildirdi. Bu so'zlarni jurnalist Konnor Hamm uning intervyusidan keltirdi.

Noni Madueke o'tgan yozda «Chelsi»dan «Arsenal»ga ko'chib o'tgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Noni Madueke Arsenaldagi o'yinini qanday baholadi