date

Fonseka Endrikning «Lion»dagi boshlang'ich rolini aytdi

Fonseka Endrikning «Lion»dagi boshlang'ich rolini aytdi

«Lion» bosh murabbiyi Paulu Fonseka Madridning «Real»idan ijara asosida olingan hujumchi Endrikdan qanday foydalanmoqchi ekanini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis avvalroq 19 yoshli braziliyalik futbolchi hozircha optimal jismoniy holatda emasligini, shu bois uning debyuti 11 yanvardan oldin bo'lmasligini aytgandi.

Fonsekaning ta'kidlashicha, Endrik hujum markazida ham, o'ng qanotda ham harakat qila oladi, biroq ilk bosqichda murabbiy uni aynan markaziy hujumchi sifatida ko'rmoqda. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.

11 yanvar kuni «Lion» Fransiya kubogida «Lill»ga qarshi maydonga tushadi. Endrik fransuz klubi safida 2025/2026 mavsum yakunigacha to'p suradi.

Eslatib o'tamiz, «Real» bosh murabbiyi Xabi Alonso ham yosh forvardning sifatlarini yuqori baholagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fonseka Endrikning «Lion»dagi boshlang'ich rolini aytdi