Korneev Barselona himoyasini sharmandalik deb baholadi

Barsa sobiq yarim himoyachisi Igor Korneev Ispaniya chempionatining 18-turida “Espanyol”ga qarshi o‘yinda kataloniyaliklarning himoyadagi harakatlarini keskin tanqid qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Muammolarga qaramay, Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa safarda o‘tgan katalon derbisida 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Espanyol”ga katta e’tirof. Menimcha, ular nohaq yutqazdi. “Barselona”ni futbolchilarning individual mahorati qutqarib qoldi. “Barselona” himoyasi esa uyatli o‘ynadi — sharmandalik”, — dedi u.
Korneev fikricha, “Espanyol” bu bahsda yirik hisobda ham g‘alaba qozonishi mumkin edi. Biroq “Barselona”ni darvozabon Joan Garsiya asrab qoldi: u aynan “Espanyol”dan o‘tgan va o‘yin davomida mahalliy muxlislar tomonidan qattiq norozilik bilan kutib olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!