Fabio Kannavaro tomonidan tomosha qilingan muhim to‘qnashuv

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro, milliy jamoa futbolchilari Aziz G‘aniyev va Abdulla Abdullayevning o‘yinini ko‘rish maqsadida "Al-Bataeh" va "Dibba Al-Fujayra" o‘rtasidagi muhim uchrashuvni stadiondan tomosha qildi.
Bellashuvda har ikkala futbolchimizning to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qilishlari muhim ahamiyat kasb etdi. "Dibba Al-Fujayra"ning minimal g‘alabasi bilan tugagan o‘yinda G‘aniyevning o‘yiniga 7.3 ball baho berildi, Abdullayev esa 6.8 ballga loyiq ko‘rildi.
Shuningdek, Kannavaroning o‘yinni bevosita tomosha qilishi, O‘zbekiston milliy jamoasining kelajagi uchun muhim tasavvurlar shakllantirishi va futbolchilarning darajasini baholashga qaratilgan aniq fikrlarning chiqishini anglatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing