date

Chelsida Mareska ketishi borasida fikrlar ikkiga bo'lindi

Chelsida Mareska ketishi borasida fikrlar ikkiga bo'lindi

«Chelsi» tarkibida Enso Mareskaning bosh murabbiylikdan bo'shatilishi hamma futbolchilar tomonidan birdek qabul qilinmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoaning asosiy qismi rahbariyat qarorini qo'llab-quvvatlayapti, biroq ayrim o'yinchilar yangi murabbiy masalasi hal bo'lmagani fonida klubni beqaror davr kutishi mumkinligidan xavotirda.

The Athletic xabariga ko'ra, hozircha jamoadagi muhit umuman olganda sog'lom, ammo noaniqlik ba'zi futbolchilarni cho'chitmoqda.

Mareska 1 yanvar kuni «Chelsi» bosh murabbiyi lavozimini tark etdi va APL tarixida Yangi yil kuni ishdan olingan ilk murabbiy bo'ldi.

Uning o'rnini egallash uchun asosiy nomzod sifatida «Strasburg»ni boshqarayotgan Liam Rozenyor ko'rilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chelsida Mareska ketishi borasida fikrlar ikkiga bo'lindi