date

Xabi Alonso Mbappe o'rniga Rodrigoni ko'rib chiqmoqda

Xabi Alonso Mbappe o'rniga Rodrigoni ko'rib chiqmoqda

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso Kilian Mbappening yo'qligida hujum chizig'ini qay tarzda kuchaytirish mumkinligi haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ma'lumot uchun, fransuz futbolchi jarohat sabab yaqin uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi. Alonso bu vaziyatda Rodrigoni turli pozitsiyalarda yanada erkinroq qo'llash mumkinligini ta'kidladi.

«U biz uchun boshqa futbolchilar kabi muhim. Ayniqsa, Kilian yo'qligini hisobga olsak. Bizda bir nechta variant bor va Rodrigo mumkin bo'lgan yechimlardan biri», — deya Alonso so'zlarini klub matbuot xizmati keltirdi.

2025/2026 yilgi mavsumda Rodrigo 21 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Vingerning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Uning bozor qiymati 60 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xabi Alonso Mbappe o'rniga Rodrigoni ko'rib chiqmoqda