date

MYU va Tottenhem Mateta uchun kurashga qo‘shildi

MYU va Tottenhem Mateta uchun kurashga qo‘shildi

«Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Mateta Angliya Premyer-ligasining yana bir nechta klublari e’tiborini tortmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

TEAMtalk xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchini «Manchester Yunayted» hamda «Tottenhem» o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Biroq manba ta’kidlashicha, «Kristal Pelas» qishki transfer oynasida fransuz forvardini sotish ehtimolini butunlay rad etyapti.

Mateta joriy mavsumda Oliver Glasner jamoasi safida APLning 19 uchrashuvida 8 gol urdi. Transfermarkt mutaxassislari «burgutlar» hujumchisini 40 mln yevroga baholamoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » MYU va Tottenhem Mateta uchun kurashga qo‘shildi