Gvardiola «Manchester Siti»da qancha vaqt qoladi? Murabbiyning javobi

«Manchester Siti» bosh murabiyi Pep Gvardiola, klubdan qachon ketishi haqidagi savolga, yumor bilan javob berdi. «Meni ishdan bo‘shatmoqchimisiz? Maoshim juda katta, ustiga-ustak shartnomamga yana bir yil bor!» — dedi u, shundan so‘ng qo‘shib: «Bilaman, sizlar mendan bezor bo‘ldingiz. 10 yildan beri shu yerdaman. Bir kuni ketaman — va’da beraman», deb izohladi murabbiy.
54 yoshli Gvardiolaning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2027 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan. Ispaniyalik mutaxassis 2016 yildan beri jamoani boshqarib kelmoqda. Ushbu davrda klub o‘z tarixidagi eng yuqori o‘rniga chiqdi va ko‘plab titullar yutib oldi.
Gvardiolaning kelajagi haqidagi fikrlari, klub va muxlislar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Uning faoliyatidagi keyingi qadamlar «Manchester Siti»ning o‘z maqsadlariga erishishidagi muhim omil bo‘lishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!