«Fulxem» va «Liverpul» o‘rtasidagi bahs durang bilan yakunlandi (video)

APL 20-tur doirasidagi «Fulxem» va «Liverpul» o‘yinida g‘alaba muammoga uchraganini aytish mumkin. Har ikki jamoa o‘yin davomida ko‘p bor gol urishga harakat qilgan bo‘lsa-da, yangi g‘alaba e’lon qilinmadi.
17-daqiqada Xarri Uilson «Fulxem»ni oldinga olib chiqdi. 57-daqiqada «Liverpul» futbolchisi Florian Virsning goli javob qaytardi. 90+4-daqiqada, «Liverpul» futbolchisi Kodi Gakpo aniq zarbasi bilan jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo, 90+7 daqiqada Xarrison Rid muvozanatni tiklab, bahs durang bilan yakunlandi.
Fulhem – Liverpul 2:2
Gollar: Uilson 17, Rid 90+7 – Virts 57, Gakpo 90+4
Fulhem – Leno, Diop, Andersen, Kuyenka. Kastan, Lukich (Rid, 90+2), Karney (Berg, 74), Robinson, Uilson (Traore, 85), Smit-Rou (Kevin, 74), Ximenes.
Liverpul – Alisson, Van Deyk, Konate, Kerkez, Bredli, Gravenberh, Soboslai, Makallister, Jons (Kiyeza, 85), Gakpo (Gomes, 90+6), Virts (Frimpong, 76).
«Liverpul» ushbu durang natijasida 34 ochko bilan 4-o‘rinda, «Fulxem» esa 28 ochko bilan 11-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!