Brahim Dias Marokashning chorak finalga chiqishini baholadi

Marokash terma jamoasi qanot hujumchisi Brahim Dias Afrika kubogining 1/8 finalida Tanzaniya ustidan 1:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Diasning ta’kidlashicha, turnir har bir bosqich sayin yanada qiziqarli tus olmoqda. Uning aytishicha, bu safar marokashliklarga juda qiyin raqib qarshilik ko‘rsatdi, uchrashuvda hammasi ham o‘xshamagan, biroq eng muhimi — chorak final yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi. Futbolchi jamoa keyingi o‘yin oldidan ishlashda davom etishini va maksimal darajada tayyor bo‘lishini qayd etdi.
Afrika kubogi chorak finalida Marokash Kamerun terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv juma kuni, 9-yanvar sanasiga belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing