Runi Rosenerni hamkorlik qilgan eng zo'r murabbiylardan biri dedi

Angliya futboli afsonalaridan biri Ueyn Runi «Strasburg» bosh murabbiyi Liam Rosener haqida iliq fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Runi ingliz mutaxassisi bilan «Derbi Kaunti»da birga ishlagan. Hozirda esa Rosener avvalroq ishdan olingan Entso Mareska o'rniga «Chelsi»ni qabul qilib olishi mumkinligi haqida gaplar kuchaygan.
«Men Liamni faoliyatim davomida birga ishlagan eng yaxshi murabbiylardan biri, deb bilaman. U mayda detallarigacha e'tibor beradi, har kungi ish jarayoni va yondashuvi juda yuqori», — dedi Runi.
APLning 20-turidan so'ng «Chelsi» 31 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing