Milan Kim Min Je uchun faqat ijara variantini ko'rib chiqmoqda

Avval xabar berganimizdek, koreyalik markaziy himoyachi Kim Min Je A Seriyaga qaytishi mumkin. Uni tarkibida ishonchli markaziy himoyachi yetishmayotgan “Milan” o'z safiga qo'shib olishga urinmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq futbolchining maoshi va umumiy narxi kelishuvni murakkablashtirmoqda: “Milan” Kim Min Jeni to'liq sotib olish imkoniga ega emas. Shu sabab klub hozircha futbolchini ijara asosida olib kelish variantini ko'rib chiqmoqda.
Bu reja faqat bitta muhim shart bilan ishlashi mumkin: Kimning maoshini hech bo'lmaganda qisman hozirgi jamoasi — “Bavariya” to'lab berishi kerak. Gap shundaki, himoyachi Myunxenda yiliga 9 million yevro oladi va “Milan”da bunday darajadagi maosh oladigan futbolchilar yo'q — klub bunday xarajatlarga bormaydi.
Shunga qaramay, Kimning o'zi Italiyaga ko'chib o'tishga qiziqmoqda: unga bu mamlakatdagi hayot tarzi va iqlim yoqadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!