Kapello Luis Enrike boshqaruvidagi PSJni yuqori baholadi

Italiyalik mashhur murabbiy Fabio Kapello 2025 yilda Luis Enrike qo‘l ostida PSJning olti sovrinni qo‘lga kiritgani uni hayratga solganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kapelloning ta’kidlashicha, juda yosh futbolchilar bilan yangi loyihani boshlash oson emas. Shunga qaramay, jamoaga kelgan ijrochilar o‘zining juda yuqori saviyasini tezda ko‘rsatgan va bu, ayniqsa, yarim himoyachilar chizig‘ida yaqqol sezilgan.
U PSJning yarim himoyasini “yuqori darajadagi” deb atab, futbolchilar pozitsiyani to‘g‘ri tanlashi, xarakteri kuchli ekani va bosimdan cho‘chimasligini alohida urg‘uladi. Kapelloga ko‘ra, o‘yin aynan yarim himoya orqali quriladi: sifatli ijro hujumda ham, himoyada ham sheriklar ishini yengillashtiradi.
“Bu Luis Enrikening xizmati — u a’lo darajada ish olib bordi”, — deya Kapelloning so‘zlarini keltiradi Marca.
Eslatib o‘tamiz, PSJ o‘tgan mavsum Liga 1, Fransiya kubogi, Fransiya superkubogi, Chempionlar ligasi, UYeFA superkubogi hamda Qit’alararo kubokni qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!