Barselona Joau Kanseluni ijaraga olishga juda yaqin

«Barselona» «Al-Hilol» himoyachisi Joau Kanselu bo'yicha kelishuvni yakunlash arafasida turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kataloniyaliklar futbolchini ijaraga olish borasidagi muzokaralarda sezilarli oldinga siljidi. Jurnalist Janluka Di Martsio xabariga ko'ra, tomonlar bitimning so'nggi bandlarini kelishishning final bosqichiga yetgan.
Ta'kidlanishicha, Kanseluning o'zi «Inter» qiziqishiga qaramay, «Barselona»ga qaytishni ustuvor deb bilgan va aynan futbolchining pozitsiyasi muzokaralarda hal qiluvchi omil bo'lgan.
Joriy mavsumda 31 yoshli portugaliyalik himoyachi 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta assist qayd etgan. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 10 mln yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing