date

Farshid Karimi: Igor Sergeev "Persepolis"da porlashiga ishonaman

Farshid Karimi: Igor Sergeev "Persepolis"da porlashiga ishonaman

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeevning “Persepolis”ga ko‘chishi Eron futbol jamoatchiligida ham qizg‘in muhokama qilinmoqda. Bu transfer haqida eronlik sobiq darvozabon, hozirda esa futbol agenti sifatida faoliyat yuritayotgan Farshid Karimi ham o‘z fikrlarini bildirdi.

Karimining aytishicha, u agentlik yo‘lini boshlagan ilk davrlaridayoq Igor Sergeevni Eron chempionatiga olib kelishni maqsad qilgan. Biroq bu reja darhol amalga oshmagan. Shunga qaramay, u bu orzu ortidan to‘xtamay harakat qilganini ta’kidladi va nihoyat o‘z maqsadiga yetib kelganidan mamnunligini yashirmadi.

— Men agentlik faoliyatimni boshlaganimda, Eronga olib kelishga intilgan birinchi futbolchim Igor Sergeev edi. Oradan ancha vaqt o‘tib, nihoyat uni Eron futboliga olib kirishga muvaffaq bo‘lganimizdan xursandman, — dedi Karimi.

Futbol agenti Sergeevning yangi klubidagi kelajagiga ham katta umid bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Igor “Persepolis” safida o‘z salohiyatini to‘liq namoyon etishi, muxlislarni xursand qilishi va haqiqiy yetakchilardan biriga aylanishi mumkin.

— Umid qilamanki, Igor “Persepolis”da porlaydi. Uni oldinda ajoyib mavsum kutib turibdi, — deya qo‘shimcha qildi Karimi.

Ma’lumot o‘rnida, Igor Sergeev fors klubi bilan 1,5-yillik shartnoma imzolagan. Endi esa barcha e’tibor — uning yangi jamoadagi ilk qadamlari, birinchi gollari va “Persepolis” hujumida qanday rol o‘ynashiga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Farshid Karimi: Igor Sergeev "Persepolis"da porlashiga ishonaman