Xabi Alonso Vinisiusni pressingi sustligi uchun qattiq koyidi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso «Betis»ga qarshi uchrashuv davomida braziliyalik qanot hujumchisi Vinisius Juniorning harakatlaridan norozi bo‘ldi. Mutaxassis yulduz futbolchining pressingdagi faolligi yetarli emasligini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Marca nashri yozishicha, Alonso epizodlardan birida hissiyotini yashirmay, Vinisiusdan to‘xtab qolmasdan raqibga bosim qilishni talab qilgan va jamoa uchun ishlash kerakligini eslatgan.
O‘yin «qirollik klubi»ning yirik 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Joriy La Liga mavsumida Vinisius 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing