Flik yanvarda hech bir futbolchi ketishni so'ramaganini aytdi

Flik yanvarda hech bir futbolchi ketishni so'ramaganini aytdi

Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa futbolchilaridan qishki transfer oynasida ketish bo'yicha iltimos bo'lgan-bo'lmagani haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Matbuot anjumanida undan “Yanvarda kimdir jamoani tark etishni so'radimi?” deb so'ralganda, murabbiy qat'iy javob qaytardi: “Yanvarda birorta o'yinchi ham ketishni so'ramadi”.

Hozir “Barselona” Ispaniya Superkubogi yarim finalida Bilbao “Atletik”iga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda. O'yin chorshanba, 7-yanvar kuni bo'lib o'tadi va boshlanishi 00:00 da (Toshkent vaqti bilan).

Ispaniya Superkubogining ikkinchi yarim final juftligini esa “Real” va “Atletiko” jamoalari tashkil etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar