Barselona yana ter Shtegen jarohati bilan yo'qotdi

Barselona yana ter Shtegen jarohati bilan yo'qotdi

"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen yana jarohat sabab safdan chiqdi. "Ko'k-anorranglilar" sardori seshanba kungi mashg'ulot paytida shikast olgan, deya xabar beradi Diario Sport. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Natijada posbon Ispaniya Superkubogi uchun qaydnomadan chiqarildi. Ter Shtegen tibbiy ko'rik va tekshiruvlardan o'tish uchun Barselonaga qaytmoqda.

Eslatib o'tamiz, o'tgan oy ter Shtegen belidagi jarohatdan forig' bo'lgandi va u yozdan beri maydonga tusha olmay kelayotgandi. Joriy mavsumda 33 yoshli futbolchi atigi bir uchrashuvda maydonga chiqqan.

Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Barselona" "Atletik" Bilbao bilan 7 yanvar, chorshanba kuni to'qnash keladi. G'olib finalda Madridning "Real"i yoki "Atletiko"siga qarshi o'ynaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar