Barselona darvozaboni Garsiya JCh-2026ni maqsad qilmaganini aytdi

“Barselona” darvozaboni Joan Garsiya JCh-2026 arafasida Ispaniya terma jamoasiga chaqirilish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
24 yoshli futbolchi hozircha milliy jamoa safida maydonga tushmagan. Shunga qaramay, ayrim mutaxassislar uni Ispaniya darvozasiga asosiy nomzod, ya’ni “birinchi raqam” bo‘lishga loyiq deb hisoblaydi. Matbuot anjumanida jurnalistlar Garsiyadan 2026 yilgi mundialda o‘ynash niyati bor-yo‘qligini so‘rashdi.
“Bu mening maqsadim emas. Mening maqsadim — “Barselona” safida har bir o‘yinda yanada yaxshiroq bo‘lib borish. Albatta, hamma terma jamoada o‘ynashni xohlaydi, agar shunday bo‘lsa, men xursand bo‘laman”, — dedi Garsiya.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Joanni joriy mavsum starti oldidan “Espanyol”dan sotib olgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!